Китоб ҳафталиги давом этмоқда (март)

1360

Bu asar, necha asrlarki, hikmat va masallar bobida munosib o’rin egallab

kelmoqda. Asarda xalq hayoti, dardi, ahli donishlar ulug’vorligi, hozirjavoblik, donolik aks etgan. Tarbiyaviy ahamiyati jihatidan ham ushbu bebaho asar bugun-da o’z qiymatini yo’qotmagan. O’qing, uqing, donolar olamida bo’ling.

 


Chingiz Aytmatovning eng sara qissalaridan  biri  “Oq kema” asari  bizning kitobxon do’stlarimizga juda tanish. Bu kitobni o`qir ekansiz, bir  olam  taassurotlarga  ega  bo`lasiz.

 

 

 

 


O`zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning “Ulug`bek xaninasi” nomli asari o`quvchilarga yaxshi tanish. Ushbu romanda bobokalonimiz Muhammad Tarag`ay Ulug`bekning  shaxsiy hayoti fojiaviy qismati haqida hayajon bilan hikoya qilinadi.

 

 

 


Mashhur amerikalik yozuvchi Jek London asarlarida inson va tabiat muammolari o’ziga xos yo’sinda qiziqarli tasvirlanadi. “Oq So’yloq” qissasi  dunyoda mashhur asar bo`lib, o’ylaymizki, didi nozik kitobxonlar e’tiborini jalb eta oladi.

 

 

 


Ushbu kitobda Shoh  Saltan haqida, uning azamat  va shavkatli o`g`li bahodir knyaz Gvidon Saltanzoda ham suluv shoh qiz Oqqush haqida hikoya qilinadi. Yosh kitobxonlarimizga mazkur kitobni o`qishi tavsiya etamiz.

 

 

 


“Mumu” asarida soqov Gerasim o`zi begona xonadonda xizmat qilgani holda kichkina kuchukchani boqib oladi. Ammo boy xotin uni sig`dirmaydi. Xizmatkorga kuchukni suvga cho`ktirishni buyuradi. Gerasim o`zi parvarish qilgan jonivorni suvga cho`ktiradimi yoki yo`qmi, buni hikoyani o`qish davomida bilib olasiz.

 

 

 


Bolalik-umrimiz bahori orzu-umidlarimiz bilan ulg`ayadigan eng  jo`shqin va haroratli damlar. Bolalik, umrimiz mazmunini, qo`yingki, butun  hayotimizni belgilab beradi O`qish uchun tavsiya   etilayotgan kitobda aynan shu jarayon bilan bog`liq holatlarni yozuvchi hayotiy, real voqea-hodisalar asosida yoritib bergan.

 

 

 


Jonatan Sviftning ko`pgina asarlari irlandiyaliklar tarafidan hurmat va ehtirom bilan qabul qilingan. Ayniqsa, uning “Gulliverning sayohatlari” nomli mashhur fantastik asari keng ommaga tezda tarqaldi. Dunyoning ko`pgina mamlakatlarida sevilib o`qiladigan mazkur asar juda ko`p marta ekranlashtirilgan.