«Hilpirayver — bayrog’im»

75

O’zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog’i mustaqillik yillaridan buyon xalqimiz tomonidan keng nishonlanib kelinmoqda.

Jumladan joriy yil 18 noyabr kuni Viloyat Axborot — Resurs Markazida ham davlatimiz ramzlari ichida eng faxrlisi davlat bayrog’ining 28 yilligiga bag’ishlab «Hilpirayver — bayrog’im» mavzuida bayram kechasi bo’lib o’tdi.

Bayram dasturi keng miqyosda nishonlandi. Yoshlar Ittifoqi Kengashining a’zolari, mahalla faxriylari hamda maktab o’quvchilari ishtirokida tadbir juda qizg’in bayramona tusda o’tkazildi.

Tadbir so’nggida barcha tadbir tashkilotchilari tomonidan bayram mehmonlari va ishtirokchilariga estalik sovg’alar topshirildi.