«Qomusimiz — baxtimiz»

158

Buxoro shahar skolioz bilan kasallangan bolalar uchun ixtisoslashgan sanatoriy turidagi 23-son maktab-internatning «Ifodali o’qish» to’garak rahbari G. R. Xakimova hamda tarix fani o’qituvchisi Z. E. Yuldasheva bilan 4 — dekabr kuni Viloyat bolalar kutubxonasi hamkorligida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan qonunning 27 yilligi munosabati bilan «Qomusimiz — baxtimiz» mavzusida tadbir o’tkazildi.

Tadbirda qatnashgan barcha o’quvchilarga Viloyat bolalar kutubxonasi xodimlari tomonidan shirinliklar hamda kitoblar sovg’a qilindi. Faol o’quvchilar A. G’afurov, M. Nasulloyeva, H. Zubaydulloyevalar «Maqtov Yorlig’i» bilan taqdirlandilar.