A. Navoiy tavalludining 579yilligiga atab»Buyuk iftixor timsoli»

94

Bugun Buxoro viloyat bolalar kutubxonasida 9-fevral buyuk mutafakkir shoir A. Navoiy tavalludining 579yilligiga atab»Buyuk iftixor timsoli»mavzusida g’azalxonlik bellashuvi o’tkazildi.

Tadbirda ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari,kutubxonachilar 9,10,14,11,22,28,29,42, umum ta’lim maktablari hamda 23 son maktab-internat o’quvchilari ishtirok etdilar.

Tadbir ishtirokchilari A.Navoiy g’azallaridan namunalar aytdilar.Viloyat bolalar kutubxonasi xodimlari tomonidan mavzuga doir sahna ko’rinishi namoyish etildi.

Tadbir g’oliblariga viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan faxriy yorliq va kitoblar taqdim etildi.

Viloyat bolalar kutubxonasi

texnalogiya bo’lim mudiri Nizamova N.B